Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanalidan 23 yoshli ayolning murdasi topildi. U bir necha kun oldin uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.
Janubiy Koreyaning HAEAHN Architecture kompaniyasi Yangi Toshkentda 420 gektar maydonda tibbiy klaster bosh rejasini ishlab chiqdi. Uning qiymati 500 mln dollarga baholanmoqda. 2007-yilda kompaniya hozirgi Toshkent shahri o‘rnida biznes majmuasi loyihasini ham ishlab chiqqandi.
Zoyir Mirzayev o‘zining ikki o‘rinbosari va Yuqori Chirchiq hokimiga BYD xizmat mashinalarini xarid qilish uchun 1 mlrd 336,5 mln so‘m ajratish to‘g‘risida farmoyish chiqardi. Hokimlik avtotransportlarni almashtirishga ehtiyoj ulardan 5 yildan ortiq foydalanilgani sababli tug‘ilganini bildirdi.
Toshkent viloyatida Telegram orqali aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tarqatib kelgan yigitning ozodligi 4 yilga cheklandi.
Davlat mehnat inspeksiyasi Yuqori Chirchiq tumani 23-maktabda o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlarida majburiy mehnatga jalb etilganini ma’lum qildi. Shuningdek, bu kabi holat haftasiga ko‘p marotaba takrorlanib kelayotganligi aytildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting